Janubiy Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasi rahbarlari: O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan Koreya Respublikasi kompaniyalari uchun ko‘prik vazifasini bajarmoqchimiz

O‘zbekiston, Markaziy Osiyo Ipak yo‘lining markaziy qismida joylashgan. Mamlakat tabiiy resurslarga boy va yuqori potensialga ega. O‘zbekiston yangi bozor sifatida Koreya Respublikasi kompaniyalarining e’tiborni doimo o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Joriy yil may oyida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo almashinuvi uchun ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan Janubiy Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasi ish boshladi. Xo‘sh, O‘zbekistonda Koreya Respublikasi kompaniyalari qanday qilib yangi o‘sishga erishishlari mumkin? Yaqinda Koreya Respublikasi televideniyasida namoyish etilgan  ko‘rsatuvda Janubiy Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasi raisi Kim Yong Gu va uning o‘rinbosari Kim Chang Gon bilan ushbu mavzuda suhbat tashkil etidi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uyushma raisi va uning o‘rinbosari ko‘rsatuv davomida savollarga batafsil javob berdi.

— Janob Kim Yong Gu va janob Kim Chang Gon birgalikda Janubiy Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasini tashkil etdingiz, ushbu uyushmaning faoliyati haqida to‘xtalsangiz? Nima maqsadda uyushma tashkil etildi?

Kim Yong Gu:

— Bizning uyushmamizga Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy almashinuv, shuningdek, sarmoya kiritish uchun ko‘prik bo‘lib xizmat qilish maqsadida asos solindi. 2020 yil 2 apreldan boshlab, u Koreya Respublikasi Savdo-sanoat va energetika vazirligining tasdig‘iga asosan tashkil etildi.

- O‘zbekiston qanday davlat? Nima uchun ayanan O‘zbekistonda biznes yuritishim kerak deb o‘ylagansiz?

Kim Chang Gon:

— O‘zbekiston Janubiy Koreyaliklar uchun hali ham to‘liq tanish bo‘lmagan ya’ni Sobiq Sovet Ittifoqidan ajralib chiqib mustaqillikga erishgan Markaziy Osiyoning beshta davlatidan biridir. O‘zbekistonda 200 mingga yaqin koreys millatiga mansub kishilar istiqomat qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Janubiy Koreya to‘lqiniga boshqa mintaqalarga qaraganda qiziqishi kuchli bo‘lgan mamlakatdir. Yana shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Koreya Respublikasi hukumati tomonidan ilgari surgan yangi Shimoliy Siyosatning markazi deya olaman. 2017 yildan O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida hozirda faol islohotlarni amalga oshirmoqda. Birinchidan, O‘zbekiston “Post China” rolini bajargan ba’zi Janubi-Sharqiy Osiyo davlarlardan farqli o‘laroq, xorijiy kapitalni jalb qilishni jadal targ‘ib qilmoqda. Sarmoya kiritgan chet el kompaniyalari, hususan, Janubiy Koreya kompaniyalariga juda ko‘p imtiyozlarni taqdim etmoqda. Xususan, eksport uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilish va investitsiya miqdoriga qarab korporativ soliqni kamaytirish kabi bir qator imtiyozlar mavjud.

Ikkinchidan, O‘zbekistonga xorijiy kompaniyalar sarmoya kiritsa, ular uchun yerdan foydalanishni kamida 30 yil davomida bepul taqdim etmoqda.

Turli xil infratuzilmalar ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. O‘zbekistondagi ichki bozor ham yetarlicha potensialga ega deb o‘ylayman. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyo, Janubiy–G‘arbiy Osiyo va Sharqiy Yevropa bozorlariga kira oladigan geografik jihatdan juda qulay mintaqadir.

— Gaplaringizni tinglaganimdan so‘ng, O‘zbekiston chet el kompaniyalari uchun ochiq degan xulosaga keldim. Junabiy Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasining tashkil etilganiga mana 3 oycha bo‘libdi. Iltimos, ushbu muhitda qanday ishlar bilan mashg‘ul ekanligingiz haqida bizni tanishtirsangiz.

—  Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo almashinuvini rivojlantirish va faollantirish maqsadida, O‘zbekiston tomoni allaqachon 2018 yil noyabr oyida o‘z savdo vakolatxonasini tuzgan.

— Koreyadami?

Kim Yong Gu:

— Ha, Janubiy Koreyada. Janubiy Koreyada shunga o‘xshash rasmiy kanal kabi hukumat qo‘mitasi deyarli yo‘q. Demak, O‘zbekistonga sarmoya kiritadigan kompaniyalar yoki jismoniy shaxslarga yoki sarmoya kiritishga qiziqqan kompaniyalar uchun iqtisodiyotni tiklashda foydamiz tegishi va mamlakatimizdagi shaxslar va kompaniyalar bizga a’zo bo‘lib, turli xil masalalarda yordam olishlari rejalashtirilgan.

— Suhbatdan ko‘rinib turibdi Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasiga a’zo bo‘lganlar ko‘plab imtiyozlardan foydalanishi mumkinga o‘xshaydi. Xo‘sh, qanday qilib uyushmaga a’zo bo‘lishim mumkin?

Kim Chang Gon:

— A’zolar uchun maxsus cheklovlar yo‘q. Avvalambor, O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishingiz va mehringiz bo‘lishi kerak deb o‘ylayman. Imtiyozlarga kelsak aytib o‘tganimdek, mahalliy kompaniyalarning yangi rivojlanayotgan bozorlarga kirishi turli xatarlar mavjudligi haqiqat. Shu sababli, bizning uyushmamiz turli xil rasmiy kanallar, xususan O‘zbekistondagi turli tarmoqlar va kanallar orqali ishonchli bo‘lgan turli xil xizmatlarni uyushmamiz a’zolariga taqdim etamiz. Xususan, uyushmamizda O‘zbekiston rasmiy xodimlari birgalikda faoliyat yuritishmoqda. Shunday qilib, biz bir yo‘nalishda O‘zbekiston hukumatining asosiy idoralari bilan uzluksiz aloqa qilish orqali turli xil yordamlarni taqdim etamiz. Shu nuqtai nazardan aytmoqchimanki, Janubiy Koreyada O‘zbekistonga mana shunga o‘xshash turli xil rasmiy xizmatlarni ko‘rsatadigan yagona uyushma bu Koreya-O‘zbekiston uyushmasi deb ayta olaman.

— Rais janoblari, unday bo‘lsa siz qanday biznes yo‘nalishini ishonchli deb hisoblaysiz?

Kim Yong Gu: —Hozirgi kunda O‘zbekistonda Koreyaning 600 ga yaqin kompaniyalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ammo, istiqbolli tarmoqlar haqida gap ketganda, bu albatta manba bo‘lishi kerak. Lekin, O‘zbekistonda sanoat tuzilmasi hali ham yengil sanoatga asoslanganligi sababli yengil sanoat sohasiga kirish foydali deb o‘ylayman, O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan Koreya kompaniyalari uchun ko‘prik vazifasini bajarmoqchimiz.

— Janob rais, siz O‘zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan chet elliklarga beriladigan eng yuqori nishonni olganingiz haqida eshitdim. Bundan tashqari, o‘tgan yili O‘zbekistonda volfram konini qazib olish bo‘yicha 2 trillion vonlik loyihasini qo‘lga kiritganingizdan habarim bor. Bunga qanday erishdingiz?

Kim Yong Gu:

— Ushbu hudud O‘zbekiston poytaxti Toshkentdan taxminan 750 km shimoli-g‘arbda joylashgan bo‘lib, zaxiralar qiymati taxminan xozirgi bozor narhida 2 trillion vonga teng. Ushbu volframni ishlab chiqarish huquqini ta’minlash juda mazmunli. Sababi, mamlakatimizda volfram ilgari ishlab chiqarilgan, hozir esa u umuman ishlab chiqarilmaydi. Mamlakatimizda volframni qayta ishlash korxonalari 25 ta. Ularning 20 foizi dunyoda juda mashhur kompaniyalardir.

— Rais o‘rinbosariga kelsak, men sizning O‘zbekiston Bosh vazirining savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi sifatida xizmat qilayotganingizdan va hatto faxriy fuqarolik kartasi bilan taqdirlanganingizdan xabardorman. Ushbu maxsus rishtalarning boshlanishi qanday bo‘lgan va sizning chet elda yuritayotgan munosabatlaringizning asosiy siri nimada?

Kim Chang Gon:

— Men dastlab 2007 yilda O‘zbekistonga borganman. Mana oradan allaqachon 13 yil o‘tib ketibdi. Chin ma’nodagi rishtalarni 2016 yilda janubiy Koreyadagi O‘zbekistonning faxriy konsuli sifatida tayinlangannimdan so‘ng Koreya Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi hurmatli Vitaliy Fen bilan birgalikda 2 mamlakat iqtisodiyotiga turli xil qo‘llab quvvatlab, fuqaro diplomatiyasini rivojlantirish uchun o‘z kuchimizni sarflab, bir qator aloqalarni o‘rnatdik. Bundan tashqari, o‘z biznesimni mahalliy miqyosda targ‘ib qilishning muhim qismi sifatida mahalliylashtirishga e’tibor qaratdim. Ayniqsa, biz mahalliy aholi bilan ishlashimiz kerakligi sababli men mahalliy aholi bilan uyg‘unlik va hamjihatlik juda muhim deb o‘ylayman. Men ushbu qismga qattiq e’tiborimni qaratdim va o‘z biznesimni barqarorlashtirganimga 10 yildan oshdi, ishimni hamjihatlik bilan yuritayapman.

— O‘zbekiston bilan erkin savdo shartnomasi ilgari surayotganini eshitdim. Janob rais o‘rinbosari, aytingchi hozirda bu holat qay darajada ko‘rib chiqildi?

Kim Chang Gon:

— Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ayirboshlash hajmiga nazar tashlasak, o‘tgan yil 2019 yilga kelib bu ko‘rsatgich taxminan 2,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Janubiy Koreyaning savdo qoldig‘i 2 milliard dollardan oshdi. Bu juda jiddiy muvozanat emasmi?

Ushbu nomutanosiblikni bartaraf etish uchun O‘zbekiston hukumati Koreya Respubliksi hukumatiga erkin savdo shartnomasi cheklovlarini kiritdi va O‘zbekiston ham yangi hukumat tomonidan ilgari surilayotgan Yangi Shimoliy Siyosatiga muvofiq Yevroosiyo qit’asiga kirib borishi kerak. Shuning uchun, o‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazda bo‘lganligi sababli, Koreya Respublikasi hukumati O‘zbekiston bilan erkin savdo shartnomasini imzolash orqali Yevroosiyo qit’asiga o‘tish imkoniyatini tayyorlash uchun juda ko‘p harakat qilmoqda. Muhokamalar vazirlar orqali davom etmoqda. Ushbu hujjat, joriy yil O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida ikkala mamlakat rahbarlari tomnidan imzolash arafasida ekanligi haqida habarim bor. Bizning biznes uyushmamiz ham ushbu muhokamada ishtirok etmoqda, turli ko‘maklarni berib kelmoqdamiz.

— Koreya–O‘zbekiston biznes uyushmasining kelgusidagi rejalari qanday Qanday uyushma sifatida iz qoldirishni istaysiz? Rais janoblari sizning fikringizdan boshlasak.

Kim Yong Gu:

— Ayni paytda Koreya Respublikasi va O‘zbekistonning diplomatik munosabatlari strategik sheriklik sifatida ekani bizga ma’lum. Shuning uchun, kelajakda bu ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar yanada mustahkam bo‘lishiga umid qilaman. O‘zbekiston Janubiy Koreya iqtisodiyoti almashinuvi orqali foyda oladi. Bundan tashqari ikki tomonlama hamkorlikdan Koreya Respublikasiga naf bor degan umiddaman. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng rivojlangan davlatga aylanishini va bizning uyushmamiz faol ravishda O‘zbekistonga boradigan kompaniyalarni yoki O‘zbekistondan mamlakatimizga kelishni istagan kompaniyalarga yetakchilik qilishiga faol yordam berish orqali qo‘llab-quvvatlashni istaymiz.

Manba