2020-yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qilgan.
Tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I, Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashadi.
Videokonferensiya chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish mexanizmlari bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.
Keyingisi
MARKAZIY OSIYO – O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHI
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida O‘zbekiston tashqi siyosatining Markaziy Osiyodagi ustuvor yo‘nalishlari va asosiy vazifalari, nima uchun mintaqada integratsiya jarayonini yaratishga urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lganligi, mintaqa mamlakatlari bilan munosabatlardagi muammolarning sabablari haqida gapirib berdi.
15.07.2020