O‘zbekiston-Rossiya parlamentlararo hamkorligi masalalari muhokama etildi

2020-yil 2-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.

Unda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish haqida fikr almashildi, Toshkentda o‘tkaziladigan MDH Sammitida rejalashtirilayotgan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Tanzila Narbayeva va Valentina Matviyenko MDH Parlamentlararo Assambleyasining shu yilning noyabr oyida Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan tadbirlari haqida ham suhbatlashdilar.

MDH Parlamentlararo Assambleyasining tadbirlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazish haqidagi O‘zbekiston tomonining takliflari kelishib olindi.

Manba