2020-yil 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Katsuhito Takahashi bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onlararo ichki muzokaralarni tezroq boshlash masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya tomoni mamlakatimiz rahbariyatining uzoq muddatli afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish borasida olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi.
Afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini ilgari surish, shuningdek, iqtisodiy yo‘nalishdagi O‘zbekistonning yuqori nufuzi va rolini inobatga olgan holda, Katsuhito Takahashi “Yaponiya-O‘zbekiston-Afg‘oniston” uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Keyingisi
XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan muzokaralar o‘tkazildi
Joriy yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov videokonferentsiya shaklida Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
22.07.2020