Joriy yilning 6-noyabr kuni videokonferensiya shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya Hukumatlararo qo‘mitasining 10-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Koreya Respublikasining savdo, sanoat va energetika vaziri Song Yun Mo raisligi ostida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir va kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha fikr almashish davomida har ikki tomonning qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, farmasevtika, yengil sanoat, shuningdek, bank-moliya sektorida ko‘p qirrali o‘zaro aloqalarni kengaytirishga qat'iy sodiqligi bildirildi.
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmining sezilarli o‘sishi qayd etildi. Shu bilan bir vaqtda tomonlar ushbu yo‘nalishda foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta'kidlab, ushbu munosabat bilan yaqin kelajakda 5 mlrd dollarlik tovar aylanmasi hajmiga erishish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalarini chuqurlashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar. Shu nuqtai nazardan, savdo qilish jarayonidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda O‘zbekiston va Koreya kompaniyalari tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun sharoitlarni optimallashtirish bo‘yicha aniq takliflar ham bildirildi.
Investitsiya sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi - hozirgi vaqtda 2017 yil noyabr' oyida Koreyaga va 2019 yil aprel' oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq neft'-kimyo, tog‘-metallurgiya, energetika, to‘qimachilik sanoati, sog‘liqni saqlash, farmasevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, tomonlar eng istiqbolli yo‘nalishlarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va diversifikasiya qilish uchun bir qator shart-sharoitlar mavjudligini ta'kidladilar va ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.
Tadbir yakunida erishilgan asosiy kelishuvlar va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari aks ettirilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya Hukumatlararo qo‘mitasining 10-chi yig‘ilishining bayonnomasi imzolandi.
Keyingisi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlarining kengashi majlisiga doir
Avval xabar qilinganidek, 2020-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
07.11.2020