Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Manba