BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Maxl "Dunyo" AA uchun intervyusida 15-16-oktabr kunlari bo'lib o'tayotgan "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusidagi Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi haqidagi fikrini bildirdi:
– Birinchi Farg'ona tinchlik forumida bo'lishdan juda mamnunman, ayniqsa hozir, hamkorlik haqida gap-so'zlar ko'paygan vaqtda. Ilgari Farg'ona vodiysi ko'pincha mojarolar bilan bog'liq bo'lgan bo'lsa, bugun biz butunlay boshqacha muhitni ko'rayapmiz. Ya'ni davlatlar qanday hamkorlik qilishi, bu ijobiy sur'atdan unumli foydalanishi va mintaqani birgalikda rivojlantirishi mumkinligi haqida gapirayapmiz.
O'zaro anglashuvga erishildi, davlatlar o'rtasidagi chegaralarni kesib o'tish sezilarli darajada osonlashdi. Bu hamkorlikda ish olib borish va mintaqa aholisi uchun o'z mamlakatlari rivojiga hissa qo'shish uchun imkoniyatlar yaratmoqda.
O'zbekistonning so'nggi yillarda amalga oshirayotgan islohotlari yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlab, ochiqlikni ta'minlaganini ko'rish ilhomlantirmoqda. Mintaqadagi boshqa davlatlar ham bu jarayonda faol ishtirok etmoqda, menimcha, bu hali boshlanishi.
Hatto bu taraqqiyotni davom ettirish uchun navbatdagi Farg'ona tinchlik forumini qo'shni davlatlardan birida o'tkazish taklifi ham bildirildi. Bu juda muhim tashabbus.
Bu yerda nafaqat Markaziy Osiyo davlatlaridan, balki ko'plab xalqaro tashkilotlar – Yevropa Ittifoqi, YEXHT, SHHT, shuningdek, Xitoy, Rossiya va AQSH vakillaridan ham ishtirokchilar to'plangani quvonarlidir.
Bu zamonamiz muammolariga javob hamkorlik, muloqot va yechimlarni birgalikda izlashda ekanini anglab yetayotganidan dalolatdir. Bu go'zal shahar barchamiz bir joyga yig'ilish va muhim bo'lgan masalalarni muhokama qilish imkoniyatini taqdim etayotgani ajoyib.
Bu haqiqatan ham qiziqarli va ilhomlantiruvchi forum. Men ushbu anjumanda ishtirok etayotganimdan juda mamnunman va tashkilotchilarga taklif uchun minnatdorlik bildiraman.
O'zbekistonning nafaqat o'z qo'shnilari, balki butun xalqaro hamjamiyat bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan siyosati juda oqilona, deb hisoblayman. Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so'zlab, davlatlar o'rtasidagi hamjihatlik, muloqot zarurligi, globallashgan dunyoda yechimlarni birgalikda izlash muhimligini ta'kidladi. Davlatingiz rahbari amalga oshirayotgan islohotlari odamlarning ulardan chinakam bahramand bo'lishlari — aholining sog'lom, bilimli, o'z iste'dodini yuzaga chiqarish imkoniga ega bo'lishini ta'minlashga qaratilgan.
Bu kelajak uchun to'g'ri yo'l va Markaziy Osiyo qo'shnilar o'rtasida tinchlik va hamkorlikka erishishning namunasi bo'la olishini butun dunyoga ko'rsatish muhim. Ushbu tajriba suv resurslari, chegara va boshqa muammolarga duch kelayotgan boshqa mintaqalarni ilhomlantirishi mumkin.
Oldingisi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi o'rinbosari Xon Sohail "Dunyo" AA uchun intervyusida 15-16-oktabr kunlari bo'lib o'tayotgan "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusidagi Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi haqidagi fikrini bildirdi:
17.10.2025Keyingisi
Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo bo'limi mudiri Stanislav Pritchin "Dunyo" AA uchun intervyusida 15-16-oktyabr kunlari o'tayotgan "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusidagi Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi haqidagi fikrini bildirdi:
17.10.2025