Xon Sohail: Dunyoda ko'plab mojarolar mavjud - ular bo'lgan, mavjud va afsuski, davom etmoqda, ammo ularning hech biri foyda keltirmagan

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi o'rinbosari Xon Sohail "Dunyo" AA uchun intervyusida 15-16-oktabr kunlari bo'lib o'tayotgan "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusidagi Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi haqidagi fikrini bildirdi:

– Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqada ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarni yuqori baholaydi. Bularning barchasi milliy yetakchilarning oqilona qarorlari va siyosiy irodasi tufayli amalga oshdi.

 Ko'p narsa siyosiy irodaga, tinchlikka intilish va o'zaro hamjihatlikka bog'liq. Dunyoda ko'plab mojarolar bo'lib kelgan, shunday bo'lib kelmoqda va afsuski, davom etaveradi, biroq ularning hech biri foyda keltirmagan. Tanglikni oldini olish uchun paydo bo'lgan muammolarni imkon qadar tezroq diplomatik yo'l bilan hal qilish juda muhimdir. O'ylaymizki, bu qadamlar o'z vaqtida amalga oshirilmoqda va buning samarasida siz yaqin kelajakda ushbu siyosatning aniq samaralarini ko'rasiz. Farg'ona vodiysi, butun mintaqa tinchlik, hamkorlik va farovonlik makoniga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Barqaror rivojlanish deganda nafaqat erishilgan narsalarni saqlab qolish, balki doimo olg'a intilish – ijobiy o'zgarishlarning afzalliklari aholining barcha qatlamlari uchun ochiq bo'lishi uchun oldinga qarab rivojlanish demakdir. Bu jarayon allaqachon boshlangan va bugungi kabi uchrashuvlar unga yanada turtki berishiga ishonamiz.

Umuman olganda, SHHT mintaqadagi uch mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni konstruktiv va ijobiy siyosat namunasi sifatida baholaydi. Biz faqat ijobiy yo'nalishda, optimizm bilan ishlaymiz. Biz uchun diplomatiya, avvalo, kelajakka ishonchdir. O'tmishda qolgan hamma narsa tarix bo'lib qolsin va oldimizda yorqin kelajak sari yo'l turibdi.

O'zbekiston va SHHT o'rtasidagi hamkorlikni kuchli va jadal rivojlanib borayotgani bilan tavsiflash mumkin. U mustahkam poydevor va o'zaro tushunish asosida qurilgan. Biz birgalikda ko'plab tadbirlar o'tkazamiz, buning uchun O'zbekiston Prezidenti va hukumatiga e'tibor va qo'llab-quvvatlaganliklari uchun o'z minnatdorligimizni bildiramiz. Ishonchimiz komilki, bu hamkorlik bundan keyin ham mustahkamlanib, jadal rivojlanib, mintaqadagi barcha mamlakatlarga foyda keltiradi.

Manba