O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Institutining katta ilmiy xodimi B.Pajvak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, SMTI va Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Instituti o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
AQSh ekspertlari O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini, hamda hukumatning ekstremizmga qarshi kurash, diniy bag'rikenglikni va islom dinini tarq’ib etish borasidagi siyosatini yuqori baholadi.
Suhbatdoshlar AQShning Tinchlik instituti rahbariyatining O'zbekistondagi tadqiqot markazlar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. O'zbekiston Respublikasining diniy bag'rikenglik va islom dinini tarqalishidagi boy tajribasini inobatga olgan holda, Amerika tomoni O'zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash bo'yicha seminar o'tkazish taklifini ilgari surdi.
Keyingisi
Finlandiya ekspertlari bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Finlandiya Respublikasining O’zbekiston Republikasidagi favqulotda va muxtor elchisi Mariya Liivali bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
06.12.2018