O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Finlandiya Respublikasining O’zbekiston Republikasidagi favqulotda va muxtor elchisi Mariya Liivali bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, shuningdek, O'zbekiston va Finlandiya o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
M.Liivali O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Toshkentning konstruktiv tashqi siyosati ularning miqyosi va samaradorligi bilan jralib turishini ta'kidladi. Uning fikriga ko'ra, O'zbekiston Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishning asosiy omili hisoblanadi. O'zbekistonning qo'shni mamlakatlar, xususan, Afg'oniston bilan munosabatlarni yo'lga qo'yishga bo'lgan yondashuvlari mintaqadagi vaziyatni sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keldi.
Suhbat davomida Finlandiya O'zbekistonning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
Oldingisi
AQSH ekspertlari bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Institutining katta ilmiy xodimi B.Pajvak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
07.12.2018Keyingisi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
Joriy yilning 10 dekabr kuni SMTI direktori Vladimir Norov AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad bilan uchrashdi.
10.12.2018