Joriy yilning 10 dekabr kuni SMTI direktori Vladimir Norov AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad bilan uchrashdi.
AQSH Prezidenti yordamchisining muovini Liza Kertis, AQShning O'zbekistondagi elchixonasida muvaqqat ishlar vakili Alan Maltser, Oq Uyning yuqori lavozimli mulozimlari, AQSh Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Afg'onistondagi vaziyat haqida fikr almashildi, tinchlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar olib borish jarayonining istiqbollari, shuningdek, O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar Afg'oniston muammosini hal etish va Afg'onistonning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini tiklash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi sa'y-harakatlariga yuksak baho berishdi.
AQSh delegatsiyasiga ko'ra, ushbu yil mart oyida o’tgan Toshkent konferentsiyasi Afg'onistonni barqarorlashtirishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’rni va muhim salohiyatini namoyish etdi.
AQSh O’zbekistonning Afg'onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga, qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq, iqtisodiy, transport va kommunikatsiya aloqalariga to'liq jalb etilishi bo'yicha tashabbuslarini ma'qullaydi.
Shu bilan birgalikda ta’kidlandiki, O'zbekistonning izchil mintaqaviy siyosati Toshkent va Vashington o’rtasidagi ko'p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
Oldingisi
Finlandiya ekspertlari bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Finlandiya Respublikasining O’zbekiston Republikasidagi favqulotda va muxtor elchisi Mariya Liivali bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
06.12.2018Keyingisi
SMTI direktorining Fransiya deputati bilan uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Fransiya Milliy Assambleyasi deputati, tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mita a`zosi, “Fransiya-Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik guruhi vitse-prezidenti Pier Kabare bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
10.12.2018