SMTIda AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlari markazi ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga oid dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasida roʼy berayotgan yangi jarayonlarga eʼtibor qaratishdi.
Shu bilan birga, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash doirasida Afgʼonistondagi vaziyatga doir fikrlar almashildi. Shuningdek, Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyishdagi roʼli alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida, AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlari markazi ekspertlari SMTI bilan hamkorlik jarayonini yuqori baholagan holda, Institut bilan kelgusidagi oʼzaro aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyor yekanliklarini taʼkidlashdi.
Oldingisi
SMTIdagi amerikalik ekspertlar bilan uchrashuv
Strategik va mintaqalararo tadqiqot institutida Amerikaning tashqi siyosat boʼyicha Kengashi (ATSK) vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuv davomida Oʼzbekiston-Amerika munosabatlarining rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi.
13.06.2019