O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish mintaqaviy boshqarmasi vakili A. Mittal bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida O’zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohоtlar, shuningdek, O’zbekiston va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi o’rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
A.Mittal O’zbekiston rahbariyatining mamlakatdagi ko’ptomonlama islohotlarni amalga oshirishdagi sa’y-harakatlarini, Markaziy Osiyo va Afg’oniston bo’yicha pragmatik, konstruktiv hamda tashabbuskor siyosatini yuqori baholadi.
A.Mittal giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish borasida BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining O’zbekiston bilan hamkorligini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Shunuingdek, A.Mittal Afg’onistondagi giyohvand moddalarni yetishtirishga qarshi kurashish bo’yicha masalalarni muhokama qilish uchun SMTI da davra suhbatini o’tkazishni taklif qildi.