30-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning "Markaziy Osiyo: transchegaraviy tahdid va xatarlar" mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Talabalarga Markaziy Osiyo mintaqasi rivojlanishining asosiy tendensiyalari, hozirgi vaqtda mintaqa mamlakatlari duch kelayotgan yangi muammolar va imkoniyatlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikning mavjud mexanizmlarini yanada takomillashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza mavzusi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv davomida talabalar faol ravishda savollar berishdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi, bu esa jonli va qiziqarli munozaralarga sabab bo’ldi. Tadbir yakunida SMTI xodimlari va JIDU talabalari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Oldingisi
SMTIda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Mintaqaviy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 29-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Eron bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
29.11.2024