Joriy yil 29-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Eron bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Eldor Aripov Oliver Shtolpeni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Mintaqaviy vakili lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, uning tajribasi va mahorati Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning dolzarb muammolarini hal etishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Muzokaralar chog‘ida Markaziy Osiyoda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va zo‘ravon ekstremizm tahdidlari bilan bog’liq vaziyatning asosiy tendensiyalarini muhokama qildilar.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida internet, xususan, darknet orqali bozorga kirib kelayotgan yangi psixoaktiv moddalar va farmatsevtik narkotiklarning ko‘payib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan tomonlar Markaziy Osiyoda yangi psixoaktiv moddalarni tarqatish va ulardan foydalanishda yuzaga kelayotgan tendensiyalarni aniqlash, ularga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shu jumladan xalqaro hamkorlik orqali tavsiyalar ishlab chiqish sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.
Oldingisi
SMTIda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 29-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
29.11.2024Keyingisi
SMTI direktori JIDUda ma’ruza qildi
30-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning "Markaziy Osiyo: transchegaraviy tahdid va xatarlar" mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
03.12.2024