Tashrif davomida Xitoyning yetakchi tahliliy markazlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston delegatsiyasini Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti (RSHEMOI) direktori o‘rinbosari Szin Chje qabul qildi.
SMTI va RSHEMOI o‘rtasida 2000 yildan buyon faol hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 2019 yilda institutlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Tomonlar SHHT va Markaziy Osiyo-XXR formati doirasida muntazam ravishda qo‘shma ekspert uchrashuvlari va yillik tadbirlarni o‘tkazib turadi.
Tashrif davomida Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi (XXMA) prezidenti Chen Bo bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
XXMA Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi xalqaro siyosat va jahon iqtisodiyoti muammolarini o‘rganuvchi yetakchi tahliliy tuzilmalardan biridir. Institut xavfsizlik, siyosat va iqtisodiyotga oid tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.
Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti (YeOITI) rahbari Li Yuntsuan bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
YeOITI Xitoyning yetakchi xalqaro tadqiqot institutlaridan biri bo‘lib, 1989 yilda tashkil etilgan. Institut Evrosiyo mintaqasidagi zamonaviy muammolarni o‘rganadi. Institut bevosita Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashiga bo‘ysunadi.
Xitoylik ekspertlar bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi qizg‘in siyosiy muloqot, do‘stona va maxfiy muloqotlar alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga yaqinda amalga oshirgan davlat tashrifi yuksak samaralar bergani, buning natijasida munosabatlar yangi davrda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.
Qo‘shma loyihalar yuzasidan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolangani muhimligi qayd etildi. Xitoylik ekspertlarning fikricha, mazkur transport yo‘lagining amaliy amalga oshirilishi ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi, shuningdek, mintaqadagi barcha mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga multiplikativ samara beradi.
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston-Xitoy ekspert muloqotiga alohida e’tibor qaratdilar. O‘tgan 7 yil davomida 40 dan ortiq qo‘shma tadbirlar va 50 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilgani ta’kidlandi.
Tomonlar shu yilning 4-5 iyun kunlari Toshkent shahrida SHHT forumining XIX yig‘ilishi va «Markaziy Osiyo - Xitoy» IV forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilganini mamnuniyat bilan aytib o‘tishdi. Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam muloqot va fikr almashish ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga yordam berayotganiga ishonch bildirildi.
Muzokaralar doirasida suhbatdoshlar tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.
Oldingisi
SMTIda YeXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
20.06.2024