Joriy yilning 9 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Xalqaro migratsiya (XMT) tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha subregional koordinatori Zeynal Gadjiyev, shuningdek, ushbu tashkilotning O'zbekistondagi vakillari - siyosat, hamkorlik va qo'llab-quvvatlash dasturi bo'yicha koordinatori Sanjarbek Toshboev va dastur katta assistenti Jasur Saidov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mehmonlar O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, gender tengligini ta’minlash, odam savdosiga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan siyosatni yuqori baholadilar. Bu sohalarda qonunchilik va institutsional mexanizmlar sezilarli darajada takomillashtirilgani qayd etildi.
Zeynal Gadjiyev, shuningdek, XMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning ochiqlik siyosati tufayli Tashkilot 2016 yildan buyon mamlakatimizda migratsiya sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Suhbat chog‘ida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, tomonlar tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish, iqlim o‘zgarishi ta’sirining migratsiya jarayonlariga ta’sirini o‘rganish va migratsiya muammolari bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borishga kelishib oldilar.
XMT delegatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil dekabr oyida BAAda SOR-28 doirasida 2024-yilda O'zbekistonda BMT bilan "Iqlim migratsiyasi" mavzusida konferensiya o'tkazish tashabbusini olqishlab, uning tashkillashtirilishida ishtirok etish istagi va tayyorligini bildirdi.
Keyingisi
SMTIda “Search for Common Ground” xalqaro notijorat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 12 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) “Search for Common Ground” xalqaro notijorat tashkiloti (SFCG) vakillari – Osiyo boʻyicha mintaqaviy maslahatchi, Oʻzbekiston boʻyicha direktori Keneshbek Saynazarov va dastur menejeri A. Haydarov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
12.02.2024