O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Germaniyaning Federal xavfsizlik siyosati akademiyasi vitse-prezidenti Wolfgang Rudishhauser boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Federal Xavfsizlik Siyosat Akademiyasi 1992 yilda tashkil etilgan bo'lib, strategik xodimlarni tayyorlash bo’yicha Germaniyaning yetakchi ilmiy va ta'lim markazi hisoblanadi. Akademiyaning o'quv dasturlari, davlat xizmatchilarini, harbiy rahbarlarni, yuqori menedjerlarni, akademik va jurnalistlarni xavfsizlik siyosatiga yondashuvini va umumiy qarashlarini orgatishga va uni oshirishga qaratilgan.
Mehmonlar bilan suhbat chog'ida Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning ijobiy tendensiyalari, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda O'zbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Germaniya delegatsiyasining baxosiga ko'ra, O'zbekistonning olib borayotgan tashqi siyosati va qo'shni mamlakatlar bilan a’loqalarni mustahkamlanishi, Toshkentning Yevropa Ittifoqi bilan ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda. Berlinda bu jarayon katta qiziqish uyg'otmoqda va to'liq qo'llab-quvvatlanadi.
Shu munosabat bilan germaniyalik hamkorlar bilan o'zaro, xalqaro anjumanlarda davra suhbatlarini va qo'shma tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Oldingisi
Isroillik mutaxassis bilan uchrashuv haqida
Shu yilning 20 fevral kuni SMTIda Hayfa shahrining Xalqaro maslahatlashuv markazi direkori Vadi Abdunassar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
21.02.2019Keyingisi
Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar instituti mutaxassislari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xitoy Xalq Respublikasi siyosiy maslahat kengashi a'zosi va Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar instituti prezidenti maslahatchisi Ji Jiyani bilan uchrashuv o'tkazdi.
22.02.2019