O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida S.Chinoy rahbarligidagi Hindistonlik ekspertlar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat mobaynida yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, shuningdek, O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Hindiston ekspertlarining fikricha, O'zbekiston hukumatining mamlakatimizda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish va hamkor davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlari O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini sezilarli darajada oshirdi. Rasmiy Toshkent tashqi siyosatining Hindiston yo'nalishidagi faollik O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun zamin yaratmoqda.
Suhbat davomida Hindiston vakillari O'zbekistonning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.