O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Koreya transport instituti (KOTI) Global transport tadqiqotlari departamenti katta ilmiy xodimi San Min Li va Koreya xorijiy shahar infratuzilmasini rivojlantirish korporatsiyasining (KIND) Biznes va strategiya bo'limi direktori Jun Seog Ko bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Suhbat chog'ida tomonlar O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasida transport, logistika va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hozirgi ahvoli va istiqbollari to'g'risida o'zaro fikr almashdilar.
Koreys ekspertlarini ta’kidlashicha O'zbekiston-Koreya munosabatlarining strategik darajasini, shuningdek, mamlakatda ochilayotgan imkoniyatlari hisobga olgan holda KOTI va KIND infratuzilmani takomillashtirish va O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini rag'batlantirish bo'yicha bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Suhbat yakunida Koreya tomoni SMTI bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar o'tkazish orqali hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.