Koreya ekspertlari bilan uchrashuv haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Koreya Respublikasining Xalqaro aloqalar va milliy xavfsizlik institutining (IFANS) tadqiqotchilari Li Hyo Sun va Yu Inn Kyun bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

IFANS Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi nufuzli tahliliy markaz bo’lib, uning asosiy vazifalariga mintaqada va dunyodagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borish, xalqaro siyosat va xavfsizlik sohasida tadqiqotlar olib borish kiradi. 2018 yil natijalariga ko’ra IFANS Osiyoda eng yaxshi tahliliy markazlar ro’yxatida birinchi 20-talikdan joy egalladi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston-Koreya hamkorligining barcha sohalari bo’yicha bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat yakunida Koreya delegatsiyasi SMTI bilan davra suhbatlari va konferentsiyalar tashkil etish yo’li bilan O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishildi.