SMTIda Latviya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o'rinbosari, siyosiy direktori Janis Majeiks bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot chog'ida O'zbekiston-Latviya hamkorligining istiqbollari, shuningdek, O'zbekiston-Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
J.Majeiksning ma’lumotiga ko’ra, Latviya hukumati so'nggi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni va Markaziy Osiyodagi hamkorlikning ijobiy dinamikasini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.
Latviya tomoni O'zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlar rivojiga ijobiy baho berdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik dinamikasini oshirish, transport sohasidagi hamkorlik va ta'lim sohasidagi aloqalarni kengaytirishning yuqori ahamiyati ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida yevropalik hamkor O'zbekiston va Latviyaning ilmiy tadqiqot markazlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.