2018 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo institutida Markaziy Osiyodagi preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT Mintaqaviy markazining (MOPDMM) rahbari, Bosh Kotibning mahsus vakili N.M.German va MOPDMM vakili N.Xudayberganov bilan Institut Direktori V.I.Norovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida MOPDMM rahbari davlat qurilishida yangi davr hisoblanmish O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoy-madaniy va boshqa sohalardagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan islohatlarning yuqori darajada saqlanib qolishi va O‘zbekistonning yaqin yillardagi rivoji Markaziy Osiyodagi o‘z o‘rinini mustahkamlashga kafolatdir.
SMTI va MOPDMM o‘rtasida yaqin va mahsulli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchrashuvning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi. Bu borada tomonlar birga ishlash uchun o‘zaro niyatlari borligini ta’kidlab o‘tdilar, shuningdek, manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda, hamda Markaziy Osiyoning tadqiqot markazlarining ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish istiqbollarini muhokama qildilar.
Oldingisi
Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Xitoy Xalq Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Jiang Yan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
27.03.2018Keyingisi
Xalqaro muammolar Xitoy akademiyasi vakillari bilan uchrashuv
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) vitse-prezident Xu Jian boshchiligidagi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro muammolar Xitoy akademiyasi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
11.04.2018