Poytaxtimizda O‘zbekiston – Rossiya hamkorligiga bag‘ishlangan anjuman boshlandi

Toshkentda “O‘zbekiston – Rossiya: o‘zaro manfaatli sheriklikning yangi yo‘nalishlarini izlab...” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Rossiya Fanlar akademiyasi Ye.M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki davlatning yetakchi tahliliy va tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etyapti.

Anjumanda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatning bugungi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish istiqboli yuzasidan fikr almashiladi.

Hozirgacha so‘zga chiqqan mutaxassislar Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlariga alohida e’tibor qaratishdi.

Konferensiya tashabbuskorlari – ikki davlatning yetakchi tahliliy tuzilmalari rahbarligida O‘zbekiston – Rossiya ekspertlar kengashiga asos solinishi mazkur anjumanda erishilajak asosiy natijalardan biri bo‘lishi kutilyapti.

Manba