O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Qirg’iziston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi K.Sadikov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda o’zbek-qirg’iz munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi. Qirg’izistonlik diplomatning aytishicha, hozirda O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo’nalishlarida sezilarli o’sish kuzatilmoqda. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda.
K.Sadikovning alohida qayd etishicha, O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi tashabbuslari mintaqadagi mamlakatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda transport-logistika, suv-energetika, savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalar O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Muloqot so’nggida tomonlar ikki mamlakat tahlilchi-ekspert va ilmiy-akademik doiralari o’rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, hamkorlikda o’zaro manfaatli tadqiqotlar olib borish va tadbirlar tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib o’tdilar.