SMTIda Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligining suv masalalari bo'yicha maxsus vakili Gay Bonvin bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida tomonlar O'zbekiston va Shveytsariya o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, Shveytsariyaning Markaziy Osiyodagi suv diplomatiyasi tashabbusi hamda suv ho’jaligi sohasida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyihalar istiqboli yuzasidan fikr almashdilar.
G.Bonvinning aytishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni barcha muhim yo’nalishlar, shu jumladan suv va ekologiya sohalarida mustahkamlash bo’yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirishga oid tashabbuslari Shveytsariyada katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakilining takidlashicha, Markaziy Osiyoda hozirgi kunda vujudga kelgan yuqori darajadagi siyosiy ishonch mintaqa davlatlarining suv resurslaridan foydalanish masalalari bo’yicha qarashlarini yaqinlashtirishga qulay sharoit yaratmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar o’zaro manfaatli masalalar bo’yicha hamkorlikni davom ettirishni kelishib oldilar.
Keyingisi
Polshalik ekspertlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
SMTIda Varshava Sharqiy tadqiqotlar markazining (SHTM) direktori Adam Eberhardt va Polshaning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Piotr Ivashkevich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
15.04.2019