Joriy yilning 13-14 iyun kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo, Moʻgʻuliston, Kavkaz va Afgʻoniston” (KAMKA) mintaqaviy forumi bo’lib o’tdi. Bu galgi forum "KAMKA: umumiy manfaatlar, umumiy intilishlar" mavzusiga bagʻishlandi.
Ushbu tadbir KAMKA mintaqaviy tarmog’i, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti, “Ramsfeld” jamgʻarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbirda 80 dan ortiq maʼruzachilar va ekspertlar, dunyoning 20 davlatidan 300 dan ortiq qatnashchilar, xalqaro tashkilot va institutlar vakillari ishtirok etishdi.
Ular orasida amerikalik iqtisodchi, “Laffer Associates" kompaniyasi bosh direktori A.Laffer, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xalqaro maslahatchisi va Gruziya sobiq Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi F.Starr aytib oʻtish mumkin.
Forum davomida, mintaqaviy savdo, transport va tranzit, investitsiyalarni jalb qilish, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarining oʻzaro iqtisodiy va biznes aloqalarini mustahkamlash, tadbirkorlik va innovatsiyalar, inson kapitali, taʼlim, turizmni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro forum doirasi, SMTI vakili B.Mustafayev maʼruza qildi. Ekspert o’z maʼruzasida Afgʻonistonda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Taʼkidlandiki, Afg’onistonni unga qo’shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar hamkorlikka keng jalb qilishga qaratilgan oʻzaro harakatlar, ushbu mamlakatda tinchlik hamda savdo-iqtisodiy jihatdan yangi imkoniyatlarni ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.