Joriy yilning 29 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov BMT Bosh kotibining maxsus vakili – Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz (MOPDMM) rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi.
Tomonlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. 2024 yilda SMTI va MOPDMM o'rtasidagi keyingi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashish va takliflar ishlab chiqish uchun samarali platformaga aylangan mintaqaviy ekspertlar forumi formatida muntazam o‘tkazilayotgan uchrashuvlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Muzokaralar yakunida mintaqaviy xavfsizlik va suv-energetika sohasida o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishdan manfaatdorlik bildirildi.
Oldingisi
Eldor Aripov Xitoy xalqaro munosabatlar akademiyasi Yevroosiyo instituti direktori bilan uchrashdi
Joriy yilning 28 fevralida “O‘zbekiston va Xitoy: ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov va Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi xalqaro munosabatlar akademiyasi Yevroosiyo instituti direktori...
29.02.2024Keyingisi
SMTIda seminar-trening bo‘lib o‘tdi
29-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ilmiy xodimlari ishtirokida iqtisodiyot sohasida tahliliy hujjatlarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
29.02.2024