Joriy yilning 12 iyul kuni Toshkentda BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” to’g’risidagi resolyusiyaning muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati bo’lib o’tadi.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ko’magida tashkil etiladi.
Tadbirning asosiy maqsadi - BMTning Markaziy Osiyo bo’yicha rezolyutsiyasi mohiyatini va ahamiyatini, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, «O’zbekiston temir yo’llari» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan xorijiy jurnalistlar ishtirok etadi.
Oldingisi
Hurmatli Yosh Tahlilchilar Klubi a’zolari! Yosh kasbdoshlarimiz!
Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi nomidan Sizlarga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklarni izhor etishga ijozat bergaysiz.
30.06.2018Keyingisi
AQSH elchisi bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida AQShning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi P.Spratlen bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O'zbekiston-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
06.07.2018