Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi nomidan Sizlarga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklarni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Bugun Sizlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiligida yoshlarni o‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay harakat qiladigan va kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan barkamol avlod etib tarbiyalash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning bevosita ishtirokchisi va guvohi bo‘lib turibsiz.
Kelajak esa Siz, yoshlardan, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, kreativ yondashuv, tashabbuskorlik va mas’uliyatlilik, jamiyat hayotida faollik va yuksak vatanparvarlikni talab qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, ayni shu maqsad va vazifalar ijrosi Yosh Tahlilchilar Klubi doirasida olib borilayotgan ishlarimizning asosini tashkil etadi.
Sizlardek harakatchan va iqtidorli yoshlarning SMTIning turli bahs-munozara va muloqot maydonlaridagi tadbirlarida faol ishtiroki orqali biz Sizlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich O‘zbekistonda milliy ekspertlar hamjamiyatining shakllanishi va rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz.
Ishonchimiz komilki, birgalikdagi faoliyatimizning natijasi mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarida amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bizning jamoamiz kelgusida ham Sizlarning eng yorqin innovatsion g‘oya va loyihalaringizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Sizlarga yuksak bilim cho‘qqilarini zabt etishda tuganmas kuch-quvvat, maqsadga intiluvchanlik va ijodiy izlanuvchanlik, qat’iylik va mustahkam iroda doimo hamroh bo‘lishini tilaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi
Keyingisi
Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» ga bag’ishlangan davra suhbati o’tkaziladi
Joriy yilning 12 iyul kuni Toshkentda BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro....
04.07.2018