Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.
Energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko‘paytirish, energetika sohasini diversifikatsiya qilish maqsadida mamlakatimizda atom energiya stansiyasi qurishga kirishildi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan bu vazifani amalga oshirish uchun zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislar talab etiladi. Shu bois Toshkentda Moskva muhandislik-fizika instituti filialini ochish mo‘ljallanmoqda. Ushbu ta’lim muassasasini Yadro fizikasi instituti hududida joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu boradagi loyihalar bilan tanishdi. O‘quv binolari va laboratoriyalarni jahon standartlari asosida qurish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumki, Yadro fizikasi instituti poytaxtimizning Ulug‘bek shaharchasida joylashgan. Davlatimiz rahbari ushbu shaharchaning Bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Bu shaharcha olimlar shaharchasi bo‘lishi kerak. Yaqin vaqtlarda bu yerga boshqa ilmiy-tadqiqot institutlarini ham ko‘chiramiz. Olimlar uchun, ilm-fan rivoji uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shaharcha hududini kengaytirib, institutlar uchun binolar, yangi uy-joylar, maktab va dam olish maskanlari qurish, shahar markazi bilan transport qatnovini yaxshilash, yer usti metrosi olib kelish zarurligini ta’kidladi.
Oldingisi
Bugun Xalqaro press-klub doirasida BMT Bosh Assambleyasining “MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA TINCHLIK, BARQARORLIK VA IZCHIL TARAQQIYOTNI TA’MINLASH BO‘YICHA MINTAQAVIY VA XALQARO HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH” rezolyusiyasi muhokama qilindi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi SMTI direktori V.Norov, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari S. Safaev, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari A.Abduvaxitov ishtirok etishdi.
18.07.2018