SMTIda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi maslahatchilari idorasi maslahatchisi Vang Jinsheng boshchiligida delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqot davomida O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning bugungi tendensiyalari muhokama qilindi.
Xitoylik ekspertlarning ta’kidlashicha bugungi kunda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi keng ko'lamli o'zgarishlar Xitoy tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Shu bilan birga, Vang Jinsheng Prezident Sh.Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyotga erishish va xalqaro maydonda mamlakat obro'sini oshirishga qaratilgan islohot siyosatini yuksak baholadi.
Shu bilan birga, Toshkentning Markaziy Osiyo mintaqasida olib borayotgan chuqur o'ylangan va muvozanatli tashqi siyosat tashabbuslari, mintaqada barqaror rivojlanishni ta'minlashga va do'stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Vang Jinsheng ikki tomonlama munosabatlarga to’xtalar ekan, shuni ta'kidladiki, bugungi kunda Toshkent va Pekin ko’plab sohalarda yaqin hamkorlik qilmoqda. Shu bilan birga, o’zaro manfaatli sohalarda to’liq formatli aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlab o’tildi.
Tomonlar madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish muhimligiga urg’u berishar ekan, bu ikki xalq o'rtasida o'zaro do’stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi deb ta’kidlashdi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan yangi takliflarni ishlab chiqish uchun ekspertlar o'rtasida muloqot kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.