Strategik va mintaqalalaro tadqiqotlar institutida 9 may “Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut direktori o‘rinbosari Sh.F.Nurullaeva ochib berdi va yig‘ilganlarni ushbu bayram munosabati bilan tabrikladi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan Qarori asosida II jahon urushi qatnashchilariga qo‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida gapirildi.
Mazkur tadbirga Institutda ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan, Ikkinchi jahon urushi dahshatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar taklif etildi hamda ularga ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbirda urush va mehnat faxriysi, Institutda uzoq yillar samarali mehnat qilgan N.P.Lyutko so‘zga chiqdi va O‘zbekistondagi tinchlik va barqarorlikning qadri baland ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tadbir davomida institutning tajribali hamda yosh xodimlari so‘zga chiqishdi va urush yillarida O‘zbekistonning g‘alabaga qo‘shgan hissasi, xalqimizning front va front ortida ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari xususida alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir so‘nggida urush va mehnat faxriylariga esdalik sovg‘alari topshirildi.