Oltinchi yalpi majlis kun tartibidagi navbatdagi masala – O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti bo‘ldi.
Qayd etilganidek, hukumat tomonidan 163 ta normativ-huquqiy hujjat hamda 121 ta chora-tadbirlar dasturlari va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan Dastur ijrosini ta’minlash va doimiy monitoring qilib borish yuzasidan yaxlit tizim yaratilgan.
Hisobot davrida xorijiy investitsiya va kreditlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobar ko‘p o‘zlashtirilgan. Jami xizmatlar hajmi 2,6 foizga oshgan.
Davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p yoki qariyb 1,5 trln. so‘m ajratilgan.
Ta’kidlanganidek, koronavirus pandemiyasi oqibatida mamlakatimizda ham iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘sish sur’atlari sezilarli darajada pasaygan. Xususan, respublikamizda eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 22,6 foizga qisqargan.
Dasturga muvofiq 2020-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 118 ta banddagi topshiriqlarning 3 tasi o‘z vaqtida bajarilmagan.
Jumladan, ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini kuchaytirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilinishi ta’minlanmagan.
Senatorlar hukumat hisoboti muhokamasi jarayonida pandemiya va karantin sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida aholi orasida ayrim e’tirozlar yuzaga kelayotganiga e’tibor qaratdi.
Iste’mol mahsulotlari va dori vositalarining narxlari asossiz oshib ketishining oldini olish borasida elektron nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar ijrosi talab darajasida ta’minlanmaganligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish, kasalliklarning oldini olish, koronavirusga shubha bo‘lgan fuqarolarni shifoxonalarga yetkazish, aholiga karantin talablarini muntazam tushuntirish va bu jarayonlarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda joylarda mahalla idoralarining ishtirokini keskin kuchaytirish zarurligiga urg‘u berildi.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Oldingisi
T.Narbayeva: masofaviy ta’lim shaklini, uning texnologiyalarini ta’limning barcha bosqichlarida rivojlantirish lozim
Xabar berilganidek, bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma’qullandi.
07.08.2020