O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent iqtisodiy forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan “VTB” banki prezidenti – boshqaruvi raisi Andrey Kostinni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatimiz korxonalarining Rossiyadagi eng yirik bank institutlaridan biri bilan o‘zaro manfaatli investitsiyaviy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Forum doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining loyihalari uchun 1 milliard dollarlik kredit liniyasini ajratish to‘g‘risidagi birinchi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, industriallashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni kengaytirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Amaliy hamkorlikni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki delegatsiyasi bilan yangi hamkorlik dasturini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Toshkent iqtisodiy forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
02.10.2021Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga milliy bayram - XXR tashkil topgan kun munosabati bilan.
02.10.2021