O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ldi.
13-oktabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida nutq so‘zlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
14-oktabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti ham bo‘lib o‘tdi.
Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov kuzatib qo‘ydi.
Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
14.10.2022