Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Prezident kutilmaganda Farg‘ona shahridagi Shodiyona mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi.
- Mana, bugun viloyatlaringizga yangi hokim qo‘ydik. Mahallabay ishlash tizimini joriy qilyapmiz. Haqiqiy ahvolni bilish, odamlarning og‘irini yengil qilish uchun mahallangizga o‘zim keldim, - dedi Shavkat Mirziyoyev ayollar bilan suhbatda.
Onaxonlardan biri ertaga o‘g‘lining to‘yi bo‘lishini aytdi. Prezident ularni tabriklab, yosh oilaga baxt, sog'lik tiladi.
Kutilmagan tashrifdan xursand bo‘lgan odamlar davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qildi.
Sohibqiron Temur ko‘chasi bo‘ylab yurilib, uy-joylar, savdo shoxobchalari ko‘zdan kechirildi.
Shavkat Mirziyoyev mahalla idorasiga kirib, mahalla raisi va maslahatchilar bilan suhbatlashdi. Aholining yashash sharoitlari, hududdagi muammolarni so‘radi. Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Oldingisi
Farg‘ona viloyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining sessiyasida aholini ish bilan ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifalari belgilandi.
05.02.2021Keyingisi
Prezident qurilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahri Tarona ko‘chasida qurilgan 16 qavatli yangi uy-joylarni borib ko‘rdi.
05.02.2021