SMTI direktori Eldor Aripovning fikricha, O’zbekistonning ovozi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash sammitida inobatga olinishi juda muhimdir.
Osiyoning barcha etakchi mamlakatlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash sammitida ishtirok etadilar. Ushbu tuzilmani e’tiborsiz qoldirish, bizning manfaatlarimizni e’tiborsiz qolishiga olib kelishi mumkin. Bunga esa yo’l qo’yib bo’lmaydi. O’zbekistonning mintaqaviy rivojlanishiga oid barcha muhim masalalar bo’yicha nuqtai nazari inobatga olinishi kerak, - dedi u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o'tgan matbuot anjumanida.
So’zlarini tasdiqlash uchun, u O’zbekiston Prezidentining Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash sammitidagi ma’ruzasidan kelib chiqib xalqaro vaziyatni tahlil qildi. Davlatimiz rahbari zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining beqarorligi va istiqbolsizligi bilan ajralib turishini ta’kidladi.
Eng muhimi, ishonch inqirozi kuzatilyapti, turli manfaatlar to'qnashuvi va jahon kuch markazlari o’rtasidagi raqobat kuchayib bormoqda. Suriyadagi keskin vaziyat hamon saqlanib qolmoqda, Yamanda janglar davom etmoqda va mintaqaning ayrim davlatlari bilan chegaradosh Eron atrofidagi vaziyat keskinlashmoqda.
“Bizga ham ishonch bilan bogliq muammo tanish. Yaqinda Markaziy Osiyodagi vaziyat boshqacha edi: o’nlab yillar davomida hal qilinmagan ko’plab muammolarimiz bor edi. Bugungi kunda Tojikiston va Qirg'iziston bilan chegaralarni aniqlash masalalari bo’yicha kelishuvlar imzolandi”, - dedi Eldor Aripov.
Uning so’zlariga ko’ra, 2018 yilda o’zbek-qirg’iz chegarasida sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 2017 yilga nisbatan 65 foizga kamaygan. Mintaqaviy savdo faol rivojlanmoqda. O’tgan yilning oxirida O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo hajmi 50 foizga oshdi.
“Eng muhimi, biz va qo’shni davlatlar o’rtasidagi ishonch normallashdi. Bu Prezidentimiz olib borayotgan oqilona tashqi siyosat tufaylidir. Buni hamma tan olmoqda. Nafaqat mintaqada, balki boshqa xorijiy davlatlarda ham”, - dedi u.
Keyingisi
O‘zaro hamkorlikka ochiqlik: O‘zbekiston tashqi siyosatidagi «yangi energetika» nimaga olib keladi?
O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o‘rni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib qolmoqda.
25.06.2019