SMTI ekspertlari Ozarbayjonda bo'lib o'tgan anjumanda ishtirok etdi

Shu yilning 3 oktyabrida SMTI ekspertlari Institut direktori o'rinbosari S.Valiyev boshchiligida Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi. Tadbir "Turk Kengashi: Naxichevan kelishuvining 10 yilligi" mavzusida bo’ldi.

Forumda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo davlatlar, diplomatik korpus, shuningdek, Ozarbayjon va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo’lishi anjuman ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi va uning tashkilotning barcha tadbirlarida faol ishtirok etishiga umid bildirildi.

Anjumna doirasida SMTI va Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ma'lumot uchun: Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi 2019 yil fevral oyida Ozarbayjon Prezidentining Farmoniga binoan tashkil etilgan. Markazning asosiy maqsadi Ozarbayjon tashqi siyosatining eng muhim sohalarida tadqiqotlarni kengaytirish hisoblanadi.