Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ertaga, 11-avgust kuni videokonferensiya shaklida oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, tadbirda, shuningdek, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi, Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashadi.
Majlisda chogʻida Muloqotga aʼzo davlatlardagi joriy epidemiologik holat, koronavirus infeksiyasi oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari hamda pandemiya sharoitida hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqboli muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Oldingisi
Aleksandr Lukashenkoga tabrik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi.
10.08.2020Keyingisi
Oʻzbekiston va Afgʻoniston hukumati vakillarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumat delegatsiyalari oʻrtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar oʻtkazildi. .
10.08.2020