Xalqaro hamkorlik

Institutning xalqaro aloqalari

SMTI o‘zining xalqaro hamkorlik faoliyati doirasida bir qator xalqaro tashkilotlar va fondlar - Afg‘oniston, AQSh,  Belgiya, Buyuk Britaniya, Belorussiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon, Yaponiya va Eron kabi davlatlarning tahliliy va tadqiqot markazlari bilan aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, bugungi kunda aloqalarni rivojlantirib bormoqda.

Xalqaro hamkorlar

2017 yilda quyidagi 12 ta xorijiy tadqiqot markazlari bilan o‘zaro fikr almashuv memorandumlari o'tkazish va bitimlar imzolash orqali hamkorlik munosabatlari o‘rnatildi:

  • Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi;
  • Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti;
  • Mudofaa kuchlari Qirollik birlashgan instituti;
  • Fridrix Ebert fondi;
  • Konrad Adanauer fondi;
  • Berlin tadqiqot markazi Yevropa «Kavkaz va Kaspiy tadqiqotlar Instituti»;
  • Turkiya Tashqi ishlar vazirligi strategik tadqiqotlar markazi;
  • Rossiya strategik tadqiqotlar instituti;
  • Qirg‘iziston milliy strategik tadqiqotlar instituti;
  • Islomobod global va strategik tadqiqotlar markazi;
  • Hindistonning Xalqaro Vivekananda fondi;
  • Koreyaning Cheju tinchlik instituti.