O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Institutining Afg'oniston va Markaziy Osiyo bo'yicha dasturi Direktori S.Vorden va Institutning katta ilmiy xodimi B.Pajvak bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, SMTI va Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Instituti o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
AQSh ekspertlari O'zbekiston rahbariyatining mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini, hamda hukumatning ekstremizmga qarshi kurash, diniy bag'rikenglikni va islom dinini targ'ib etish borasidagi siyosatini yuqori baholadi.
Suhbatdoshlar AQShning Tinchlik instituti rahbariyatining O'zbekistondagi tadqiqot markazlar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. O'zbekiston Respublikasining diniy bag'rikenglik va islom dinini tarqalishidagi boy tajribasini inobatga olgan holda, Amerika tomoni O'zbekistonda ekstremizmga qarshi kurash bo'yicha seminar o'tkazish taklifini ilgari surdi.