Joriy yilning 29-may kuni bo‘lib o‘tgan " Markaziy Osiyo - 2050: umumiy farovonlik va barqarorlik sari" forsayt-seminari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tahliliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar global va mintaqaviy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tahlil va prognozlash usullari bilan tanishtirildi. Asosiy e’tibor ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda va axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda ssenariy tahlili, undan foydalanish imkoniyatlariga qaratildi.
Seminarga BMTning Osiyo va Tinch okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi koordinatori, Aida Karajanova moderatorlik qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar kelgusida tajriba va bilim almashish tahliliy ishlar sifatini oshirishga, tadqiqot muassasalarining ilmiy-uslubiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Oldingisi
Joriy yilning 27-may kuni Moskvada "Rossiya va O‘zbekiston: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari" mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman "Valday" xalqaro munozara klubi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamkorligida tashkil etildi.
29.05.2025