O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Britaniyaning Moskvadagi va Toshkentdagi elchihona vakillari K. Strazers va Ch. Lever bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va Afg'onistonda barqarorlikni ta`minlash masalalari bo'yicha ijobiy o`zgarishlar, shuningdek O'zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Buyuk Britaniya diplomatlari fikriga ko'ra, qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash O'zbekiston tashqi siyosatida ustuvor o`rin egallaganligi, Toshkentning xorijiy mamlakatlar bilan ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
Mehmonlar Afg'oniston muammosini hal etishdagi O'zbekistonning ijobiy roli, shuningdek savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirish orqali Toshkentning Afg'onistonni tiklashdagi hissasini yuksak baholashdi. Ushbu jarayonlar katta qiziqishga sabab bo`layotganligi va xalqaro hamjamiyat tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanayotganligi alohida ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida SMTI va Buyuk Britaniyaning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning yetakchi analitik markazlarida qator qo`shma tadbirlar, davra suhbatlari va seminarlar o'tkazish rejalari muhokama qilindi.
Oldingisi
SMTIga Gonkong savdoni rivojlantirish kengashi delegasiyasi tashrif buyurdi
Joriy yilning 5 mart kuni Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Gonkong savdoni rivojlantirish kengashining Iqtisodiy tadqiqotlar Departamenti direktori Kvan Ka Ming boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
06.03.2019Keyingisi
Koreya Respublikasi ekspertlari bilan uchrashuv
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Koreyaning Xalqaro iqtisodiy siyosat instituti (KIEP) tadqiqotchilari Chorong Kim va Min Sung Kim bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
15.03.2019