Joriy yilning 5 mart kuni Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Gonkong savdoni rivojlantirish kengashining Iqtisodiy tadqiqotlar Departamenti direktori Kvan Ka Ming boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv mobaynida O`zbekiston Respublikasida Harakatlar Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O`zbekiston va Gonkong o’rtasidagi munosabatlarining hozirgi holati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Gongkong savdoni rivojlantirish kengashi 1966 yilda Gongkong savdo kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchi provayderlarini jahon bozorida ilgari suradigan rasmiy tashkilot sifatida tashkil etilgan. Tashkilot butun dunyo bo`ylab 50 ta vakolatxonasiga ega va shundan 13si Xitoyda joylashgan. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi Gonkong kompaniyalari imkoniyatlarini o`rganish va ularni butun dunyodagi biznes hamkorliklar bilan ta`minlashdir.
Gonkong delegasiyasining rahbari fikriga ko`ra, so`nggi yillarda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlar xorijiy sarmoyadorlar va ishbilarmonlar uchun katta imkoniyatlar ochib berdi. Shu munosabat bilan Gonkongdagi yirik korxonalar vakillari O`zbekistonda amalga oshirilayotgan sanoat loyihalariga sarmoyalarni jalb qilishga va biznes yuritishga katta qiziqish bildirishmoqda.
Tomonlar O`zbekiston va Gonkong o`rtasidagi savdo-sotiq, iqtisodiyot, sarmoya, texnologiya, ta`lim va sayyohlik sohalarida «Bir makon, bir yo`l» tashabbusi doirasida hamkorlikni kengaytirishning istiqbollari to`g`risida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar SMTI va Gonkong Savdoni rivozhlantirish kengashi o`rtasidagi aloqalar va hamkorlikni rivojlantirishdan o`zaro manfaatdor ekanliklarini ta’kidlashdi. Tashkilotlar tomonidan kelgusi o`tkaziladigan xalqaro forumlarda va boshqa tadbirlarda tomonlar mutaxassislar ishtiroki masalasi ham muhokama qilindi.
Keyingisi
Buyuk Britaniya diplomatlari bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Britaniyaning Moskvadagi va Toshkentdagi elchihona vakillari K. Strazers va Ch. Lever bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
13.03.2019