2017 yilning 15 avgustida O‘zbekiston Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Uning amaliy ahamiyati shundaki, mazkur hujjat Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalari haqida aholi va jamoatchilikni keng xabardor qilish, shuningdek, 2017 yilda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish va navbatdagi islohotlarni rejalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.