28-oktyabr kuni SMTIda parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti direktori, Yerkin Tukumov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida dolzarb ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Ikki davlat rahbarlarining kelishuvlarini amalga oshirishga turtki berish maqsadida ekspertlar muloqotini yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari va drayverlarini izlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shu maqsadda SMTI va QSTI o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
Rejada qo‘shma tadbirlarda ishtirok etish, Markaziy Osiyo ekspert forumining bo‘lajak 8-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Keyingisi
SMTIda Turkiyaning yetakchi tahliliy tuzilmasi "ANKASAM" direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 28-oktyabrda SMTIda Turkiyadagi yetakchi tahliliy tuzilmalardan biri - "ANKASAM" (Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi) direktori Mehmet Seyfiddin Erol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
28.10.2024