Joriy yil 28-oktyabrda SMTIda Turkiyadagi yetakchi tahliliy tuzilmalardan biri - "ANKASAM" (Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi) direktori Mehmet Seyfiddin Erol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining hozirgi holati va yanada rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ekspert muloqotini har tomonlama mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mehmet Seyfiddin Erol O‘zbekiston-Turkiya sheriklik aloqalari ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkor sifatida qaraydi. Bu ikki davlatning uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlari hamda madaniy-tarixiy o‘xshashligi va yaqinligi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, mehmonning ta’kidlashicha, ekspertlar hamjamiyati ikki tomonlama munosabatlarda yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak.
Shu munosabat bilan "ANKASAM" direktori O‘zbekistondagi barcha davlat va xususiy tahlil tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, yaqin kelajakda SMTI bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdan manfaatdorlik bildirildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki aql markazlari o‘rtasidagi munosabatlarni institutsionalizatsiya qilish yo‘lidagi birinchi muhim qadam bo‘ladi.
Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi ("ANKASAM") - 2017-yilda Anqarada tashkil etilgan tahliliy markaz. Uning ta’sischilari orasida Turkiyaning yetakchi olimlari, ekspertlari, OAV va ziyolilar vakillari bor. Xalqaro tizimdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy inqirozlarni tahlil qilish va ularning yechimlarini o‘z ichiga olgan siyosatni ishlab chiqish Markazning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Oldingisi
SMTI va QSTI 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi
28-oktyabr kuni SMTIda parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti direktori, Yerkin Tukumov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
28.10.2024Keyingisi
SMTIda avstriyalik mutaxassis bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yil 28-oktyabrda SMTIda parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Avstriyaning Yevropa tadqiqotlari va xavfsizlik siyosati instituti (AIES) boshqaruvi a’zosi, katta maslahatchisi Martin Saydik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
30.10.2024