O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida AQShning O'zbekistondagi muvaqqat ishonchli vakili Alan Meltser bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O'zbekiston-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar asosiy e’tiborni O'zbekiston hukumatining aholi bilan muloqot qilishda erishgan ijobiy tajribasiga qaratishdi. Hukumat tizimida va qonun ustuvorligini ta’minlashdagi ijobiy o'zgarishlar qayd etildi. Markaziy Osiyoda proaktiv va konstruktiv mintaqaviy siyosatni ishlab chiqishda Prezident Shavkat Mirziyoevning roli ta'kidlandi.
Ikki davlat munosabatlariga oid masalalarga to'xtalar ekan, A.Meltser AQSh O'zbekiston bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga va uni isloh qilishda har tomonlama yordam berishga qiziqishini ta'kidladi.
Amerika tomoni O'zbekistonning Afg'oniston infratuzilmasini qayta tiklashga qo'shgan hissasini, shuningdek, ushbu mamlakatdagi qurolli to’qnasuvlarni tinch yo’l bilan hal qilishda Toshkentning roli haqida gapirdi.
Oldingisi
Qozog’istonlik diplomat bilan uchrashuv
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Qozog’iston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi Kanat Nurpeisov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
30.01.2019