O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida mamlakatimizda bo’lib o’tgan president saylovlarida xalqaro kuzatuvchisi sifatida tashrif buyurgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashi (OHIChK) kotibiyatining ijrochi direktori Kayrat Saribay bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Kayrat Saribay prezident saylovini yuqori saviyada tashkil etilgani hamda shaffof va ochiq o’tganini ta’kidladi. Uning so’zlariga ko’ra, saylov kuni saylov uchastkalarida hech qanday qonunbuzarlik kuzatilmagan, saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi esa aholining siyosiy faolligidan darak berdi.
Suhbat chog’ida tomonlar OHIChK doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar. K.Saribay O’zbekiston Prezidentining 2019 yilda OHIChK sammitidagi nutqida ushbu forumni har tomonlama rivojlantirish bo’yicha aytib o’tgan qator muhim tashabbuslarini muhimligini ta’kidladi.
Kotibiyat ijrochi direktori O’zbekiston rahbarining OHIChKga a’zo mamlakatlarning ilmiy-ta’limiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida muvofiqlashtiruvchi rolini o’z zimmasiga olishi to’g’risidagi taklifi dolzarbligini ta’kidladi. Uning fikricha, O’zbekistonning so’nggi yillarda yoshlar siyosatini yuritish bo’yicha to’plagan tajribasi ko’plab Osiyo davlatlarida yuqori talabga ega.
Shu o’rinda mehmon yoshlar o’rtasida radikalizm, ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olishning siyosiy-huquqiy asoslariga bag’ishlangan 2021 yilda Toshkentda o’tkazilgan «Radikalizm, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda yoshlarning o’rni» mavzusidagi xalqaro videokonferensiyani yuqori baholadi.
Bundan tashqari, Кayrat Saribay hamkorlikning istiqbolli yo’nalishi sifatida 2021 yilning iyul oyida Toshkentda bo’lib o’tgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada muhokama qilingan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini o’zaro bog’lash bo’yicha ilgari surilgan loyihalarni alohida ta’kidladi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashi Osiyo qitʼasi davlatlarini birlashtiruvchi xalqaro forum bo’lib, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash vazifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Oldingisi
SMTIda O'zbekiston-Ispaniya munosabatlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 26 oktyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida mamlakatimizda bo’lib o’tgan prezident saylovlariga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan O'zbekiston-Ispaniya munosabatlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasi prezidenti Fernando Moragon bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
28.10.2021Keyingisi
Shvetsariya Tashqi ishlar vazirligining suv masalalari bo’yicha maxsus vakili bilan uchrashuv
Joriy yilning 27 oktyabrida SMTIda Shvetsariya Tashqi ishlar vazirligining suv masalalari bo’yicha maxsus vakili Giy Bonvin bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Blue Peace Central
29.10.2021